07 okt 08:06
Yangiliklar
Ramazon Temirovning vazn reytingida bir nechta o'zgarish bo'ldi
Jumladan, hamyurtimiz Ramazon Temirov jang qilayotgan eng engil vazn toifasi reytingida bir nechta o'zgarish kuzatildi.
Amir Albazi bir pog'onaga yuqorilab, 9-o'ringa joylashdi. Brendon Moreno esa aksincha, 9-o'rindan 10-pog'onaga tushdi. Aynan UFC 332 turnirida qatorasiga sakkizinchi g'alabasini qo'lga kiritgan mag'lubiyatsiz Imanol Rodriges Top-15 reytingida debyut qildi. Rodriges Olden Koriani birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.
Yaponiyalik aralash yakkakurash ustasi Rey Curuya hamda amerikalik CHarlz Jonson bir pog'onadan pastlashdi. Vazn chempioni myanmalik Joshua Van bo'lib turibdi. Manel Kape reytingning birinchi pog'onasidan joy olgan. Sobiq chempion Aleksandr Pantoja ikkinchi, Brendon Royval esa uchinchi o'rinni band etgan.
Ramazon Temirov 7-o'rinni o'zida saqlab qoldi. Hamyurtimiz 24 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC 333 turnirining ahamiyati jihatidan uchinchi jangida angliyalik Lone Kavanaga qarshi oktagonga chiqadi. Kavana ham reytingning 6-pog'onasida qoldi.

Fikrlar