07 dek 15:05
Yangiliklar
Ramush - JCHdagi dastlabki xet-trik muallifi
"Portugaliya terma jamoasi asosiy tarkibidagi birinchi rasmiy o'yinida xet-trik qayd etgan Gonsalu Ramush bilan sal yaqinroq tanishamiz.
U 2001 yilda Portugaliyaning Olyan shahrida tug'ilgan. Ampluasi – hujumchi. Orqaroqqa qaytib ham o'ynay oladi. Bo'yi – 185 sm. Professional faoliyatini "Benfika"da boshlab, hozirgacha shu klubda o'ynamoqda.
Portugaliyaning U-17, U-19, U-21, U-23 terma jamoalarida o'ynagan va gollar urib kelgan. Milliy jamoada debyut qilganiga bir oy ham bo'lmadi. Asosiy tarkibda birinchi marta tushdi. Hozirgi statistikasi – 4 o'yin, 4 gol.
"Benfika" tarkibida CHempionlar Ligasida gol urib kelmoqda. "Enfild"da Liverpul darvozasini ham ishg'ol qilgan. Faqat Klopp unga emas, Nunesga qiziqib qolgan. Lissabonda Klopp adashib boshqa hujumchini tanlab qo'ydi, deb hazillashishadi.
SHu kungacha Ramushni "Vulverxempton", "Nyukasl", "Everton" kabi klublar taklif qilgan. Lekin katta summaga emas. "Benfika" esa uning bahosini yuqori qilib belgilagan. Kechagi o'yindan keyin top-klublar o'sha narxdan ham kattasini taklif qilishi kutilmoqda", – deyiladi taniqli sharhlovchi Davron Fayziev.
Fikrlar