20 noy 14:53
Yangiliklar
Qilichbozlik
Rapirachilarimiz jamoaviy bahslarda finalga chiqishdi. SHpagada esa alamli mag'lubiyat
Ar-Riyod shahri mezbonlik qilayotgan VI Islom birdamligi o'yinlarining navbatdagi kungi bahslari qizg'in davom etmoqda.
Qilichbozlikning erkaklar o'rtasidagi jamoaviy rapira bahslarida ilk finalchi aniqlandi. O'zbekiston terma jamoasi 1/2 finalda O'mon jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 45:16! Finaldagi raqibimiz BAA yaki Qatar bo'ladi.

Afsuski, erkaklar o'rtasidagi jamoaviy shpaga bahslarida qizichbozlarimiz 1/4 finalda medallar jamg'arish yo'lidagi asosiy raqibimiz hisoblangan Eron terma jamoasiga bitta ochko farqi bilan alamli tarzda imkoniyatni boy berishdi - 44:45.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar