11 mar 18:53
Yangiliklar
Futbol
Raqib futbolchisiga kalla qo'ygan bosh murabbiy istefoga chiqarildi
"Lechche" rahbariyati "Verona" futbolchisi bilan bo'lgan mojarodan so'ng bosh murabbiyni ishdan bo'shatdi.
A Seriyaning 28-turidan o'rin olgan "Lechche" - "Verona" (0:1) bahsidan so'ng mezbonlar ustozi Roberto Daversa oldinroq Marin Pongrachich bilan kelisha olmay qolgan "Verona" hujumchisi Toma Anriga boshi bilan zarba berdi.
Zarbadan so'ng franciyalik futbolchi yiqildi va murabbiyga javob qaytarishga urindi, ammo uni bir necha futbolchil va "Verona" murabbiylari ushlab qolishdi. Hakam Daniele Kiffi mojaroning ikki vakiliga qizil kartochka ko'rsatdi.
Keyinroq "Lechche" bosh murabbiyning harakatlarini qoralab, uni istefoga chiqardi.
Havola :
Manba : uslecce.it
Fikrlar