06 mar 15:19
Yangiliklar
Futbol

Rasman: "Al Hilol" asosiy o'yinchinlaridan biri bir oyga safdan chiqdi va "Paxtakor"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuboradi
Bu haqida klub o'zining rasmiy sahifasida elon qildi.
Eslatib o'tamiz, Elit OCHL 1/8 final bosqichi birinchi bellashuvida "Paxtakor"ga qarshi bellashuvning birinchi bo'limida futbolchi jarohat sabab o'yinni davom ettira olmadi. 39-daqiqada uning o'rnini Muhammad Kanno egalladi.
Klub bergan xabarga ko'ra, qo'shimcha tibbiy tekshiruvlardan keyin Ali al Bulayhi 4-6 haftaga safdan chiqqani malum bo'ldi. Natijada Ali al Bulayhi 11 mart kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan "Paxtakor"ga qarshi javob uchrashuvini ham o'tkazib yuborishi aniq bo'ldi.
Havola :
Fikrlar