10 fev 10:53
Yangiliklar
Futbol
Rasman: "Andijon" tojikistonlik hujumchisi bilan shartnomani bekor qildi
Bu haqida klub matbuot xizmati rasmiy xabar berdi.
O'tgan mavsumni ijara asosida "Xorazm" safida o'tkazgan tojikistonlik hujumchi SHaxrom Samiev huquqiy jihatdan "Andijon"ga tegishli bo'lib, u "burgutlar" safidagi faoliyatini 2024 yilda boshlagan va o'shanda uch yillik shartnoma tuzgan. 2024 yil "Andijon"da va 2025 yil "Xorazm"da o'ynagan legioner Iroqning “Al-Karma” klubi bilan shartnoma imzoladi.
SHuni malum qilinadiki, ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra, futbolchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi va u faoliyatini endi Iroq chempionatida davom ettiradi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar