02 jan 09:28
Yangiliklar
Futbol
Rasman: "CHelsi" va Enco Mareska o'zaro kelishuv asosida hamkorlikni to'xtatdi
London klubi matbuot xizmati bosh murabbiy Enco Mareska masalasida bayonot berdi.
"Klubdagi faoliyati davomida Enco jamoani Konferenciyalar Ligasi va Klublar o'rtasidagi JCHda g'alaba sari etakladi. Bu yutuqlar jamoaning yaqin tarixida muhim o'rin egallaydi va biz unga klubga qo'shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz.
Hozirda to'rtta musobaqada, jumladan, CHempionlar Ligasiga yo'llanma olish uchun muhim maqsadlar saqlanib turgan bir paytda, Enco va klub o'zgarish jamoaga mavsumni iziga solish uchun eng yaxshi imkoniyatni beradi deb hisoblaydi.
Encoga kelgusida omad tilaymiz", – deyiladi bayonotda.
Avvalroq mashhur insayder Fabricio Romano "CHelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska lavozimini tark etganini malum qilgan edi.
Havola :
Manba : chelseafc.com
Fikrlar