24 iyu 08:41
Yangiliklar

Rasman. Gap-so'z haqiqatga aylandi. Mayk Tayson - Roy Jons jangi sanasi va manzili malum!
Nihoyat, ushbu superjang sanasi va manzili rasman tasdiqlandi hamda tashkilotchilar tomonidan elon qilindi. Ko'rgazmali maqomdagi jang 12 sentyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtatida bo'lib o'tadi. Ikki afsona o'rtasidagi jang 8 raunddan iborat bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Mayk Tayson professional boksdagi so'nggi jangini 2005 yilda o'tkazgan va o'shanda Kevin Makbraydga imkoniyatni boy bergan edi. Tayson hisobida jami 58 ta jang bo'lib, u ularning 50 tasida g'alaba qozongan.
Roy Jons esa professional boksdagi so'nggi jangini 2018 yilning fevral oyida Skott Sigmonga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi. U prof ringda o'tkazgan jami 77 ta jangining 66 tasida g'alaba qozongan.
Fikrlar