So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

22 sen 00:36
Yangiliklar

Boks/MMA

Rasman: Isroil Madrimov Golovkin bilan bitta boks oqshomida ringga chiqadi, raqib ham malum!

Avval xabar berganimizdek, professional bokschimiz Isroil Madrimov o'zining prof ringdagi to'rtinchi jangida ringga ko'tariladi.

CHarm qo'lqop ustamiz 5 oktyabr kuni AQSHning Nyu-York shahridagi muhtasham Madison Square Garden arenasida bo'lib o'tadigan boks oqshomida ringga chiqadi. Bo'lajak jangda hamyurtimizga meksikalik Alexandro Barrera raqiblik qildi. 

Oqshomning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasda sobiq jahon chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda ukrainalik Sergey Derevyanchenko o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu jangda o'rtaga vakant bo'lib turgan IVF chempionlik kamari qo'yiladi. 

Malumot uchun, WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan Isroil Madrimov shu kungacha o'tkazgan uchchala jangini ham muddatidan avval yakunlagan. 34 yoshli tajribali Barrera esa 34 ta jangda ringga ko'tarilgan. Hisobida 29 ta g'alaba (18 ta nokaut) va 5 ta mag'lubiyat (1 ta nokaut) bor. 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
22 sen 17:47:30
javohir
Jalol Axmedov foydalanuvchining fikriga javob berish
havaskordagi medal profga hech qanday ochko bermaydi. medal shunchaki bokschini imkoniyatini belgilaydi holos
raxmat
   
22 sen 11:11:59
Jalol Axmedov
javohir foydalanuvchining fikriga javob berish
Jaxon chempionati oltin medali profidagi reytingga tasir utkazadimi.Olimpiyadadagi oltin ochko beradiku.Kim bilsa yozvoringlar
havaskordagi medal profga hech qanday ochko bermaydi. medal shunchaki bokschini imkoniyatini belgilaydi holos
   
22 sen 10:09:27
javohir
Jaxon chempionati oltin medali profidagi reytingga tasir utkazadimi.Olimpiyadadagi oltin ochko beradiku.Kim bilsa yozvoringlar
   
22 sen 08:34:37
Jurabek Xamraev
Jonga tegdi yelkasidan jarohat olib uzbeklarga kelganda hammasi invalit hammasi qochadi. Isroilga butun Uzbekistan ishonadi olga faqat yuqori marralar sizlarniki.
   
22 sen 05:29:01
Jalol Axmedov
Aslida Isroil Madrimov Shu kuni Mark DeLuka bilan 12 roundlik WBA eliminator jangicha chiqishga kelishgan. Jang gʻolibi rasmiy davogar maqomini olishi kerak edi. Ammo Deluka yelkasidagi jarohati tufayli jangni qoldirdi( bizga kelganda hamma yelkasida oʻgʻir sezarkanda) shuning uchun Isroil Barrera bilan tushishga majbur boʻlib qoldi. Lekin hali kelishuv kuchida keyingi jangi katta ehtimol bilan Mark De Lukaga qarshi WBA chempionlik uchun davogarlik maqomiga ega boladi))
   
22 sen 01:01:13
Shuhrat Ikromov
Yana bir gap! Barrera songgi yillarda faoliyatida katta to'xtalishlar bo'lgan!
Qisqasi 2-nokautli mag'lubiyatini aynan Isroildan qabul qilib olsa hech ham ajablanmaymiz!
   
22 sen 00:54:41
Shuhrat Ikromov
Barrerani jang uslubidan kelib chiqsak Isroil Madrimovga ancha qulaylik taraflari bor ! Kam harakat qiladi,yagona nokautli mag'lubiyatini Errol Spencedan qabul qilib olganiga va osha jangda ham yomon jang qilmaganini hisobga olsak zarbaga ancha chidamlik! yana bir uni minus tarafi Barrera bu yil hisobidan 1-janggi va so'nggi 4ta jangini 3tasida imkoniyatni boy bergan!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing