04 apr 08:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Joshua - Pulev jangi ko'chirildi
Londondagi "Tottenxem" stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan professional boks oqshomi nomalum muddatga qoldirildi.
Ushbu boks kechasining markaziy jangi superog'ir vazn toifasida WBO, WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua hamda davogar Kubrat Pulev o'rtasida o'tkazilishi lozim edi.
Tashkilotchilar 20 iyunga belgilangan jangni bekor qilish va nomalum muddatga ko'chirishdi. Bunga koronavirus pandemiyasining avj olayotgani sabab bo'lgan. Avvalroq Aleksandr Usik - Derek CHisora jangi iyul oyiga ko'chirilgandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar