14 iyu 09:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman! Konor Makgregor - Maykl CHendler jangi bekor qilindi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor hamda amerikalik sobiq Bellator promousheni chempioni Maykl CHendler o'rtasidagi jang o'tkazilmaydi.
Bu haqda shaxsan UFC rahbari Dana Uayt o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi. Yarimo'rta vazn toifasida o'tkazilishi kerak bo'lgan Makgregor - CHendler jangi 29 iyun kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 303 turnirining markaziy to'qnashuvi edi.
3 iyun kuni UFC rahbari Konorning vatani Irlandiya poytaxti Dublin shahrida matbuot anjumani o'tkazishi kerak edi. Lekin o'shanda nomalum sabablarga ko'ra ushbu tadbir bekor qilingan va nima uchun o'tkazilmagani ham ochiqlanmagandi. Maykl CHendlerga qarshi jangning bekor bo'lishiga Konorning jarohati sabab bo'ldi.
Havola :
Fikrlar