Malumki, Maxaradze 2009 yil O'zbekiston chempionatidagi ilk mavsumini aynan "temiryo'lchilar" safida boshlagandi. Kaxi o'sha yil "Loko" safida 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan. U 2010 yilni ham "Lokomotiv"da o'tkazib shundan so'ng "Paxtakor"ga yo'l oldi.
Oradan besh yil o'tib "Loko"ga qaytgan Maxaradze 2016/2017/2018-yillari jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi. Tayanch yarim himoyasida to'p tepgan futbolchi uch yilda 100dan ortiq uchrashuvda ishtirok etib, "Lokomotiv"ning ketma-ket uch mavsum chempion bo'lishida munosib hissa qo'shdi.
Bu yil "So'g'diiyona"da faoliyat olib borgan Maxaradze Superliganing barcha 26 turida harakat qilgan jizzaxliklarning yagona futbolchisi bo'ldi. CHempionat yakuniga etgach u erkin agent sifatida yana "Lokomotiv" qaytdi va "temiryo'lchilar" bilan shartnoma imzoladi.
28 dek 17:50
Yangiliklar
Rasman: Maxaradze "Lokomotiv"ga qaytdi
O'zbekiston milliy chempionatida 2009-yildan beri to'p tepib kelayotgan gruziyalik mohir futbolchi Kaxi Maxaradze sobiq klubi "Lokomotiv"ga qaytdi.
Havola :
Manba : lokomotiv.uz
Fikrlar