15 iyu 08:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman. Meyvezer-MakGregor jangi o'tkaziladi, to'qnashuv sanasi ham malum
Bokschi Floyd Meyvezer hamda aralash qoidalar jangchisi Konor MakGregorlar o'rtasidagi jang qachon bo'lib o'tishi malum bo'ldi.
Avvalroq, amerikalik bokschi Las-Vegasdagi arenani band qilib qo'ygani haqida xabarlar chiqqandi.
Malum bo'lishicha, ushbu to'qnashuv 26 avgust kuni o'sha erda bo'lib o'tadi.
Ushbu jang boks qoidalari asosida o'tkaziladi.
Malumot uchun, Floyd Meyvezer professional boksda 49 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
Aralash qoidalar jangchisi hisoblangan irlandiyalik Konor MakGregor esa 24 ta jangdan 21 tasida g'alaba nashidasini surgan. 3 tasida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Ushbu jangda u ilk marotaba boks qoidalari asosida jang qiladi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar