25 sen 17:19
Yangiliklar
Futbol

Rasman: "Navbahor" Sergey Lushchanni istefoga chiqardi
"Navbahor" bosh murabbiy Sergey Lushchan bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.
Eslatib o'tamiz, Sergey Lushchan o'tgan mavsumning 2-davrasida jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangandi.
Uning boshqaruvida "lochinlar" Superligada 35 o'yin o'tkazib, 16 ta g'alaba, 9 ta durang, 10 ta mag'lubiyat, O'zbekiston Kubogi doirasidagi bahslarda esa 8 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta g'alaba (ikkitasi penaltilar seriyasi bo'yicha), 1 ta durang hamda 2 ta mag'lubiyatni qayd etdi.
Avvalroq Sergey Lushchan "Navbahor" bosh murabbiyi lavozimidan ketgani, jamoani vaqtincha "Navbahor" U-21 ustozi SHerzod Jo'raev boshqarib borishi haqida xabar chiqqan edi.
Havola :
Fikrlar