12 avg 16:39
Yangiliklar
Futbol

Rasman: PSJ ukrainalik himoyachi transferini elon qildi
PSJ matbuot xizmati "Bornmut" azosi Ilya Zabarniy transferi rasmiylashtirilgani haqida xabar berdi.
Parij klubiga ko'ra, Franciyaning amaldagi chempioni va CHempionlar Ligasi sohibi 22 yoshli ukrainalik futbolch uchun 63 million evro to'ladi. "Bornmut" bonus sifatida yana 3 millionni olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "giloslar" 2023 yilning yanvarida Zabarniy uchun "Dinamo" Kievga 23 million evro o'tkazib bergandi.
Ilya Zabarniy o'tgan mavsum "Bornmut" tarkibida Angliya chempionatida 36 o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan, shuningdek, 4 marta sariq kartochka olgan va 1 bor maydondan chetlatilgan.
Havola :
Manba : psg.fr
Fikrlar