28 dek 11:55
Yangiliklar
Futbol
Rasman: “Santos” logosi Pele sharafiga o'zgartirildi + FOTO
Bu haqda Braziliya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Endi “Santos” logosidagi ikki yulduzning tepasida “futbol qiroli” Pele sharafiga toj qo'shiladi. 82 yoshli afsona dekabr boshidan beri shifoxonada davolanmoqda. O'simta tufayli uning holati kundan-kunga yomonlashmoqda. Avvalroq, “Santos” dafn marosimi uchun stadionida tayyorgarlik ishlarini olib borayotgani aytilgandi.
Eslatib o'tamiz, Pele 1956-1974 yillar davomida San-Paulu klubi sharafini himoya qilgan.
Havola :
Fikrlar