03 avg 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/79150_220.jpg)
Rasman: Tayson Fyuri engilmas bokschiga qarshi jang qiladi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining navbatdagi jangi qachon o'tkazilishi malum qilindi.
Britaniyalik engilmas bokschi 14 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi "T-Mobile Arena"da ringga ko'tariladi. Fyurining o'sha kungi jangdagi raqibi mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan shveciyalik bokschi Otto Uallin (20-0 13 KO) bo'ladi.
Malumot uchun, Uallin superog'ir vazn toifasida Evropa chempioni hisoblanadi. Otto 20 ta g'alabali jangidan 13 tasida raqiblarini muddatidan avval nokautga uchratgan.
Havola :
Fikrlar