01 okt 07:07
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/88817_220.jpg)
Rasman: Uaylderning navbatdagi jang sanasi, manzili tasdiqlandi
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylderning navbatdagi jangi qachon va qaerda o'tkazilishi rasman elon qilindi.
Deontey navbatdagi jangini kubalik Luis Ortisga qarshi o'tkazadi. Revansh jangi 23 noyabr kuni Las-Vegasdagi MGM Grand arenasida bo'lib o'tadi. Jang FOX Sports telekanali tomonidan pullik PPV orqali translaciya qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Uaylder - Ortis o'rtasidagi birinchi jang 2018 yilda o'tkazilgan bo'lib, unda Deontey raqibini o'ninchi raundda nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar