03 iyu 21:09
Yangiliklar

Rasman. Uayt - Povetkin jangi bekor qilindi
Bu malumotni boks oqshomi tashkilotchisi Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rasman tasdiqladi. Koronavirus pandemiyasi sabab Manchester shahridagi yana ikkita ivent ham kechroq muddatga ko'chirildi.
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi 27 iyunga mo'ljallangan Nyukasl, 11 iyuldagi Kardiffdagi boks oqshomlarini mos ravishda 17 oktyabr hamda 3 oktyabrga ko'chirdi.
4 iyul kuni Manchester shahrida o'tkazilishi kutilayotgan Aleksandr Povetkin (35-2-1, 24 KO) va Dillian Uayt (27-1, 18 KO) o'rtasidagi jang esa bekor qilindi. Yani, bokschilar o'rtasidagi jang Manchesterda bo'lmaydi. Kardiff va Nyukasldagi boks kechalari uchun chipta olganlar yangi sanada o'tkaziladigan oqshomga kiraverishadi. Manchesterdagi boks kechasi chiptalari esa qaytariladi.
Fikrlar