21 iyu 11:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Xabib - Getji jangi sentyabrda o'tkazilmaydi
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov hamda kamar uchun rasmiy davogar Jastin Getji o'rtasidagi jang sentyabr oyida o'tkazilmaydi.
Bu malumotni Xabibning menejeri Rizvan Magomedov tasdiqladi. Xabib Nurmagomedov - Jastin Getji chempionlik jangi sentyabr oyida UFC 253 turniri doirasida o'tkazilishi belgilangan edi.
"Xabib sentyabr oyidagi turnirda aniq ishtirok etmaydi", — deya Magomedovning so'zlarini keltirmoqda TASS.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli Nurmagomedov so'nggi bor 2019 yilning sentyabr oyida oktagonga chiqqan va o'shanda Dastin Poreni mag'lub etgan edi. Getjiga qarshi jangning kechroq muddatga surilishiga otasining o'limi sabab bo'lmoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar