04 iyu 23:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Xabib Nurmagomedovning navbatdagi raqibi va jang sanasi elon qilindi
UFCning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedov navbatdagi jangini vaqtinchalik chempion Dastin Porega qarshi o'tkazadi.
Jang avval xabar berilganidek, 7 sentyabr kuni Abu-Dabida, UFC 242 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Xabib so'nggi jangini 2018 yilning sentyabr oyida Konor MakGregorga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongandi. Pore esa shu yilning aprel oyida Maks Xolloueyni mag'lub etib, vaqtinchalik chempion maqomiga ega bo'lgandi.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar