08 fev 17:40
Yangiliklar
Futbol
Rasman: Yildiz "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirdi
Turkiyalik 20 yoshli hujumchi Kenan Yildiz Turinning "Yuventus" klubi bilan yangi shartnoma imzoladi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Kelishuv 2030 yil yozigacha amal qiladi. Qayd etilishicha, hujumchi jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi, ammo hujumchining maoshi oshkor etilmagan.
Kenan Yildiz "Yuventus"da uchinchi mavsumini o'tkazmoqda. Hujumchi A Seriya joriy chempionatida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Havola :
Manba : juventus.com
Fikrlar