31 iyu 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Zabit Magomedsharipovning raqibi va jang sanasi malum + FOTO
Rossiyalik UFC jangchisi Zabit Magomedsharipovning navbatdagi raqibi va jang sanasi rasman malum qilindi.
Bu haqida Zabitning o'zi Instagram sahifasi orqali xabar berdi. Jang 29 avgust kuni bo'lib o'tadi. SHu kuni Magomedsharipov meksikalik Yair Rodrigesga qarshi oktagonga ko'tariladi.
"Nihoyat, oradan ikki yil o'tib, uchinchi urinishdan so'ng Yair bilan jangimiz o'tkaziladigan bo'ldi", — dedi Magomedsharipov.
Eslatib o'tamiz, Zabit Magomedsharipov so'nggi jangi 2019 yilning noyabr oyida Moskva shahrida tashkil etilgan UFC Fight Night 163 turniri doirasida o'tkazgan va Kelvin Kattarni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar