23 may 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Zubayra va Abubakarning diskvalifikaciyasi qisqartirildi, ular Xabib bilan bir oqshomda jang qilishadi
UFC jangchilari Zubayra Tuxugov va Abubakar Nurmagomedovning diskvalifikaciya muddati rasman qisqartirildi.
Kecha, 22 may kuni Nevada shtati Sport komissiyasi qaroriga ko'ra, Zubayra va Abubakarning bir yillik chetlatilishi 35 kunga qisqartirildi. Avvalgi holat bo'yicha diskvalifikaciya muddati 6 oktyabr kuni yakunlanishi kerak edi.
Endi Zubayra va Abubakar sentyabr oyida BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkaziladigan UFC 242 oqshomida ishtirok eta olishadi. Xuddi shu kuni Xabib Nurmagomedov engil vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini himoya qiladi.
“We ready and we coming InshaAllah. DreamTeam and real Family”, - deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Tuxugov.
Malumot uchun, Xabib Nurmagomedov 9 oyga chetlatilgan bo'lib, bu muddat 6 iyul kuniga yakuniga etadi.
Havola :
Fikrlar