21 noy 16:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasmiy xabar! Xabib Nurmagomedov ishtirokidagi matbuot anjumani o'tkaziladi
Bugun poytaxtimizdagi Toshkent Siti hududida qad rostlagan "Kongress Xoll"da Xabib Nurmagomedov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazilishi kerak edi.
Xabar berganimizdek, bugungi uzoq kutilgan matbuot anjumani malum sabablarga ko'ra bekor bo'lgandi. Hozirgina tashkilotchilar matbuot anjumanining yangi vaqti va manzilini saytimizga malum qilishdi.
Unga ko'ra, GFC 20 turniri oldidan tashkil etiladigan matbuot anjumani ertaga soat 16:00da poytaxtimizdagi "Forumlar saroyi"da, aniqrog'i saroyning uchinchi qavatida o'tkaziladi. Oqshom ishtirokchilarini tarozidan o'tkazish hamda ko'z urishtirish marosimlari matbuot anjumani yakunlanganidan so'ng, soat 18:00da aynan o'sha erda bo'lib o'tadi.
Yana bir bor turnir tashkiliy qo'mitasi yuzaga kelgan ushbu noqulay holat uchun uzr so'raydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar