So’nggi yangiliklar

16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0 10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0 09:47Махачев Усман Нурмагомедовнинг кечаги қилмишига муносабатини билдирди + ФОТО 0 09:16БАА қонунлари бўйича Усман Нурмагомедовни қандай жазо кутаётгани айтилди 0

02 apr 16:50
Yangiliklar

Futbol

Ravshan Ermatov: "Terma jamoa Katanecniki emas, xalqniki"

Bugun Milliy Olimpiya qo'mitasida O'FA rahbariyati va O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanni O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ochib berdi:

— Assalomu alaykum, aziz do'stlar. Avvalambor, katta musobaqa oldida turibmiz. Butun xalqimizning orzusi bo'lgan Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishni niyat qilmoqdamiz.

Bu yo'lda ulkan harakatlar amalga oshirildi. Bu borada professional yondashuvga qo'l urilib, “Olimpik” klubi tashkil etildi. O'tgan 3 yil davomida Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar qo'l ostida yosh futbolchilarga ishonch bildirildi. Mashg'ulotlar zamonaviy futbol imkoniyatlari asosida tahlil qilib borildi. Yoshlarimiz xalqaro musobaqalarda etarlicha tajriba to'pladi.

Yoshlarga ishonch berilsa, qanday natijalarga erishish mumkinligini o'tgan musobaqalarda ko'rdik.





Timur Kapadze:


— O'tgan uch yil davomida ancha o'sishga erishdik, ikkita yirik musobaqada ishtirok etdik. Ushbu turnirlarda ham, o'ylaymanki, munosib ishtirok etdik. Endilikda bizni muhim musobaqa kutib turibdi. Umid qilamanki, Qatardagi musobaqada hammamizning orzularimiz ushalib, Parij Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritish nasib qilsin.


Ravshan Ermatov legioner futbolchilar haqida:


— Futbolda mayda masalalar bo'lmaydi. Futbolchilarimiz katta klublarda to'p surmoqda. Ular klublarining asosiy futbolchisiga aylangan va bu biz uchun quvonarli, albatta.

Biroq bu turnir biz uchun ham juda muhim. Futbolchilar uchun ham alohida ahamiyatga ega. CHunki futbolchi faoliyati davomida yig'inlarga jalb etilishi mumkin, lekin Olimpiada kabi nufuzli turnirda ishtirok etish, o'ylashimcha, bir bor nasib etadi xolos.

SHu sababli ayni paytda klublar bilan har kuni aloqada bo'lib, muzokaralar o'tkazmoqdamiz. Hozirda 2 nafar futbolchimiz bo'yicha kelishuvga erishdik, 3 nafar futbolchimiz bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.

Futbol agentlariga nima kerak? Pul, albatta pul. Ularga terma jamoa qiziqmi? Yo'q. Ularga klubning natijalari qiziqmi? Yo'q.




Timur Kapadze "Olimpik" klubidagi tartib-intizom haqida:


— Bizda bu borada muammolar yo'q. To'g'ri yigitlar yosh. Bazi vaziyatlar, kartochkalar bilan bog'liq holatlar ham bor. Biroq biz bu ustida doimiy ishlab boryapmiz.

Tayyorgarlik haqida
— Bizda har bir futbolchi tarkibga munosib. Biz bir futbolchiga ishonib qolmaymiz. Bu futbol. Kim 23 talik yakuniy ro'yxatga kirsa, o'sha tayyor bo'ladi. Biroq legionarlarimiz bilan biz yanada kuchliroqmiz. CHunki ular Milliy terma jamoamizda ham asosiy tarkib futbolchilari hisoblanadi.

Qatarga qarshi o'yin foydali bo'ldi. Guruh bosqichida ham oson o'yin yo'q. Raqiblarimiz ham o'sgan. Nasib bo'lsa, guruhdan albatta chiqamiz.





Ravshan Ermatov:


— Afsuski, ushbu turnir FIFA kunlarida o'tkazilmayapti. Har bir klub o'z chempionati, o'z o'yinlari haqida o'ylaydi. Biz ham buni tushungan holda, ularni hurmat qilishimiz kerak.

Biroq takidlaganimizdek, biz klublar bilan muzokaralarni davom ettiryapmiz va ularga tushuntirishga harakat qilyapmiz.


Timur Kapadze:

O'yinlar rejasi, darvozabonlar haqida
— O'z uslubimiz, rejamiz bor. Lekin bu raqibga qarab ham o'zgarib boradi, albatta. Osiyo o'yinlarida ham raqiblarimizga qarab reja bo'yicha ishladik.

Darvozabonlar masalasida kimga ko'proq ishonch berish borasida hali aniq qarorga kelmadik. Hali ham ishlayapmiz. Kim tayyor bo'lsa, o'zini yaxshi his qilsa, o'sha o'ynaydi.

Intizom haqida keladigan bo'lsak, yigitlar bu turnirning darajasini tushunib turibdi. Umid qilamiz, bu borada muammo bo'lmaydi.

Biz doim penaltilar seriyasiga tayyorlanamiz va raqiblarni ham o'rganamiz.

Vitaminizaciya
— Vitaminizaciya borasida muammo yo'q. Tiklanish jarayoniga ham jiddiy qarayapmiz. Terma jamoalar bu masalaga alohida etibor qaratishadi.

Parij Olimpiadasiga 3 nafar yoshi katta futbolchilarni jalb etish
— Milliy jamoada ham kuchli futbolchilar etarlicha. Bu rejamizda bor, kengaytirilgan tarkibda ularni ham jalb qilamiz. Avvalo, Olimpiada yo'llanmasini hal qilaylik, bu borada ham o'ylab ko'ramiz.




Ravshan Ermatov:


— Olimpiya terma jamoasida bugun raqobat bor. Bu borada “Olimpik” loyihasining xizmat katta.

Biz yana bir loyihaga qo'l urganimizni, bilasiz. Keyingi 2028 yilgi Olimpiadaga tayyorgarlik ko'rish maqsadida “Olimpik MobiUz” klubini tashkil etdik.

Barcha terma jamoalarimizda yondashuv bir xil. Hammasi rivojlanib bormoqda, sababi, futbolchi etkazib berish tizimini yo'lga qo'yishni maqsad qilganmiz. Farmakologiya, vitaminizaciya borasida ham alohida mutaxassislar ishlayapti.

Matbuot anjumanlari bo'yicha
— O'FA qoshida 19 ta terma jamoa bor va har biriga bir xil etibordamiz. Srechko Katanec ham musobaqalardan oldin va keyin matbuot anjumanida ishtirok etishi kerak. Bu uning shartnomasida ham belgilab qo'yilgan. O'zbekiston milliy terma jamoasi Katanecniki emas, xalqniki. Xalq savol berishga va javob berishga haqli.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing