11 jan 09:07
Yangiliklar
Futbol
Ravshan Haydarov Eronga qarshi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi?
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Eronga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Eronga qarshi ochiq futbol ko'rsatish qiyin edi. Raqib tarkibida jismoniy jihatdan kuchli futbolchilar etarli bo'lgani uchun biz shunga mos reja tuzib chiqdik. Bundan tashqari, taktik jihatdan ham aniq ishlangan rejalarimiz bor edi. Biz asosan uzun uzatmalar orqali hujumlarni tashkil qilishga urindik. Sababi yaqin masofaga pas o'ynab, raqibga pressing qilish xavfli edi. Bugun raqib himoyasi ancha tepada o'ynadi. Birinchi 45 daqiqalikda bir nechta yaxshi hujumlar tashkil qildik.
Raqibdan qo'rqib o'ynamadik. SHunchaki biz tartibli futbol o'ynashga intilyapmiz. Erondek kuchli raqiblar bilan o'ynab, yanada shakllanamiz", - dedi Haydarov.

Havola :
Fikrlar