07 mar 13:01
Yangiliklar
Futbol

Ravshan Haydarov O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
O'FA murabbiylar kengashi yig'ilishida U-23 terma jamoasi boshqaruviga nomzod murabbiylar muhokama qilindi.
Unga ko'ra, yoshlar bilan ishlash bo'yicha yurtimizning eng tajribali mutaxassislardidan biri, "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni sohibi Ravshan Haydarov nomzodi ilgari surildi va rahbariyat tomonidan tasdiqlandi.
Haydarov boshqaruvidagi turli yosh toifasidagi terma jamoalarimiz o'z vaqtida ikki karra Osiyo chempioni bo'lgan, ikki bor Jahon chempionati ishtirokchisiga aylangan.
Havola :
Manba : Uzbekistan FA
Fikrlar