04 noy 08:20
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/242072_220.jpg)
"Real" 16 yoshli futbolchi borasida muzokaralarni boshladi
"Real" "Palmeyras"ning 16 yoshli forvardi Endrikni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Marca malumotiga ko'ra, madridliklar braziliyalik futbolchini qo'lga kiritishga jiddiy bel bog'laganlar. San-Pauluga "Real" vakili etib borgan va futbolchi borasida muzokaralar o'tkazmoqchi.
"Real" 18 yoshgacha futbolchini xarid qila olmasligiga qaramay, raqobat sabab tezda u bilan kelishuvga erishmoqchi. Endrikka PSJ tomonidan ham qiziqish bor.
Futbolchining narxi 60 million evroni tashkil etadi. "Real" esa 40 million to'lashga tayyor.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar