11 apr 13:29
Yangiliklar
Futbol
"Real" darvozaboni Kurtua jarohatdan keyin qachon safga qaytishi malum
"Real"ining jarohatlangan darvozaboni Tibo Kurtuaning tiklanishi rejadan oldinroq ketmoqda, deb xabar beradi The Athletic.
Belgiyalik golkiper 17 mart kuni o'ng son mushaklarida jarohat olgan edi. Dastlab o'yinchi bir yarim oyga maydondan chetda qoladi, deb kutilgandi. Biroq manba malumotlariga ko'ra, darvozabon aprel oxirigacha tuzalib chiqishni va agar "Real" Kurtuasiz ham yarim finalga chiqsa, CHempionlar ligasi yarim finalida maydonga tushishni maqsad qilgan.
"Real" CHempionlar ligasi 1/4 finalining javob o'yinida 15 aprelda safarda "Bavariya" bilan to'qnash keladi. Birinchi o'yinda "Real" o'z maydonida 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi. Kurtua joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 28 ta o'yin o'tkazib, 24 ta gol o'tkazib yuborgan.

Havola :
Fikrlar