09 avg 17:15
Yangiliklar
Futbol

"Real" Gonsalo bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirdi. Hujumchi asosiy jamoaga o'tkazildi
"Real" Gonsalo Garsiya bilan shartnomani uzaytirdi.
21 yoshli forvardning yangi kelishuvi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Avvalroq, uning tovon puli 1 milliard evroga oshishi xabar qilingandi.
Gonsalo 2014 yilda 10 yoshida "Real"ga qo'shilgan va klubning yoshlar tizimida o'n mavsum o'tkazgan. U so'nggi ikki mavsumni "Kastilya"da o'tkazdi.
Ispaniyalik futbolchi 2023 yilning noyabr oyida madridliklarning asosiy jamoasida debyut qildi. Endi u "Real" asosiy tarkibining to'laqonli azosiga aylanadi.
Havola :
Manba : realmadrid.com
Fikrlar