25 noy 18:01
Yangiliklar
Futbol
"Real" "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan jiddiy yo'qotishga uchradi
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Vinisius oyog'idan olgan jarohati tufayli safdan chiqdi.
Bu haqda "Qirollik klubi" matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Qaymoqranglilar" xabariga ko'ra, tibbiy tekshiruvdan o'tgan braziliyalik hujumchining chap sonida jarohat aniqlangan. Vinisius taxminan uch hafta maydonga tusha olmaydi. Buning natijasida hujumchi CHempionlar Ligasi umumiy bosqichidagi "Liverpul" bilan uchrashuvda "Real"ga yordam bera olmaydi.
24 yoshli futbolchi La Liga joriy mavsumida 13 ta o'yinda maydonga tushdi. Yosh o'yinchi 8 ta to'p kiritdi hamda 5 ta golga assistentlik qildi.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" – "Real" to'qnashuvi 27 noyabrdan 28 noyabrga o'tar kechasi 01:00 da start oladi.
Havola :
Fikrlar