13 apr 15:01
Yangiliklar
"Real" Lunin bilan bog'liq muammolardan so'ng yangi darvozabon haqida o'ylab qoldi
"Fichajes" nashrining xabar berishicha, "Braga" posboni Lukash Gornichek klub qiziqishlarini uyg'otdi. Bo'yi 1,98 metr bo'lgan chexiyalik Evropadagi eng istiqbolli darvozabonlardan biri hisoblanadi. U bu mavsum 46 ta o'yinda maydonga tushib, 39 ta gol o'tkazib yuborgan.

"Real"da allaqachon uzoq muddatli shartnomalarga ega ikki darvozabon bor: Tibo Kurtuaning shartnomasi 2027 yilgacha, Andrey Luninning bitimi esa 2030 yilgacha.
Asosiy darvozabon Kurtua mart oyida "Manchester Siti"ga qarshi javob o'yinida olgan jarohatidan tiklanmoqda. U joriy mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida 41 o'yinda qatnashib, 15 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Lunin 8 o'yinda ishtirok etib, hammasida darvozasidan to'p olib chiqdi.
Fikrlar