21 apr 14:03
Yangiliklar
Futbol
"Real" Luninning kelajagi borasida bir qarorga keldi
Madrid jamoasi yozda hech qanday darvozabon bilan shartnoma tuzmaydi.
Madridning "Real" klubi darvozabon Andrey Luninni o'zida saqlab qolmoqchi va u uchun yangi shartnoma tayyorladi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Tomonlar o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. "Qaymoqranglilar" futbolchiga yangi bitim taklif qilishga va uni uzoqroq muddatga klubda qoldirishga tayyor.
25 yoshli posbon ushbu mavsum barcha turnirlarda 26 ta o'yin o'tkazib, shulardan 12 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Havola :
Fikrlar