29 dek 19:10
Yangiliklar
Futbol
"Real" tarbiyalanuvchisini ortga qaytarmoqchi
Madridning "Real" klubi "Rayo Valekano" himoyachisi Fran Garsiyaga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Garsiyani asosiy tarkibda ko'rmoqchi. 23 yoshli ispaniyalikni jamoada hurmat qilishadi. SHuningdek, Garsiyaga "Sevilya" ham og'iz solgan.
Garsiya – "Real" tarbiyalanuvchisi. U "Rayo Valekano"ga 2021 yilning iyulida borib qo'shilgan. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 8 million evroga baholamoqda.
Garsiya joriy mavsum "Rayo Valekano" safida barcha turnirlarda 15 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar