29 mar 13:57
Yangiliklar
Futbol
"Real"ning apellyaciyasi rad etildi - Marca
Ispaniya hakamlar qo'mitasi "Real" yarim himoyachi Federiko Valverdening "Atletiko"ga qarshi 29-tur o'yinida (3:2) qizil kartochka olgani bo'yicha bergan apellyaciyasini rad etdi, deb xabar beradi Marca.
Apellyaciya sudi diskvalifikaciya qarorini o'zgartirish uchun etarli dalillar yo'qligini aniqladi. SHu tariqa, Valverde La Liganing 30-turida "Real" - "Malorka uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi 77-daqiqada mehmonlar o'yinchisi Aleks Baenaga qo'pollik ishlatib, qizil kartochka olgan edi.
Ispaniya chempionatining 29-turidan keyin "Real" 69 ochko to'plab, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va "Barselona"dan 4 ochko orqada qolmoqda.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar