29 apr 15:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Retro! 2006 yili ikki chempionlik kamari sohibi bo'lgan prof bokschimizni taqdirlash marosimidan FOTOREPORTAJ
Yaqin o'tmishni eslashda, nufuzli musobaqalar, taqdirlash marosimlari va boshqa sport tadbirlaridan fotoreportajlarni etiboringizga havola qilishda davom etamiz.
2006 yilning 11 avgust kuni poytaxtimizdagi "Olimpiya shon-shuhrati" muzeyida boks bo'yicha Jahon chempioni Qahramon Orziqulovni sharaflash tadbiri bo'lib o'tgan edi.
Qahramon Orziqulov - 1980 yilda tavallud topgan. Andijon boks maktabi tarbiyalanuvchisi. Proffessional boksda engil vazn toifalarida 19 ta jang o'tkazgan va ularning 15 tasida g'alaba qozongan (8 ta nokaut). 3 marotaba mag'lub bo'lgan (1 ta nokaut). 1 ta jangda durangga erishgan.
Orziqulov qozog'istonlik Marat Mazimbaevni mag'lubiyatga uchratish orqali WBO Intercontinental va IBA chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgan edi.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar