12 may 16:01
Yangiliklar
Tennis
Rim "Masters". Cicipas SHtruffni engish uchun 2,5 soat vaqt sarfladi
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Stefanos Cicipas Rim "Masters" turnirining uchinchi davrasiga yo'l oldi.
Greciyalik tennischi ikkinchi davrada ATP reytingida 41-pog'onada borayotgan germaniyalik Yan-Lennard SHtruffni irodali tarzda mag'lubiyatga uchratdi - 6/7(1), 6/4, 6/4. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Stefanos oldinda bormoqda - 5:3.
Ikki soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda Cicipas 5, SHtruff 9 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham bir xilda 4 tadan qo'shxatoga yo'l qo'yishdi. Breyklar g'olib tennischida ko'proq bo'ldi - 5 ga 3.
Endi Cicipas Internazionali BNL d'Italia turnirining uchinchi bosqichida Kemeron Norriga qarshi kortga chiqadi. O'z o'rnida britaniyalik raketka ustasi ikkinchi davrada ispaniyalik Xaume Munyarni 6/3, 1/6, 6/3 hisobida engdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar