17 may 10:57
Yangiliklar
Tennis
Rim "Masters". Stefanos Cicipasda mag'lubiyat
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Stefanos Cicipas Rim "Masters" turniridagi ishtirokini 1/4 finalda yakunladi.
Greciyalik tennischi chorak finalda ATP reytingida 24-pog'onada borayotgan chililik Nikolas Xarriga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 6/3, 5/7, 4/6. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Xarri Stefanosga noqulay raqib bo'lib qolmoqda. U oltita uchrashuvdan to'rttasida g'alaba qozongan - 4:2.
Ikki soatu 42 daqiqa davom etgan bahsda Cicipas 5, Xarri 8 ta eys zarbani amalga oshirgan. Qo'shxatolar Cicipasda ko'proq bo'ldi - 7 ga 2. Breyklar bo'yicha ustunlik chililik tennischi tomonda - 3 ga 2! Nikolas 1/2 finalda amerikalik Tommi Polga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar