So’nggi yangiliklar

12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси “CAVA Beach Volleyball Championship” турнири ғолиби 0 11:54Svijany Open. Султоновнинг рейтингда ўзидан 213 поғона юқоридаги рақибга қарши баҳси бир сет давом этди 0 11:28Ўзбекистон - АҚШ тарихий матчи минимал устунлик билан якунланди. Накамура, Аронян, Каруана, Со сингари жаҳон юлдузлари бир неча бор мағлуб этилди 0 11:04Флик "Барселона" учун янги трансфер бўйича қарор қабул қилди 0 10:25Абдулазиз Холмирзаев Бокуда ўтказилаётган спорт курашлари бўйича U17 жаҳон чемпионатида дастлабки медалимизни келтирди 0 09:49Mubadala DC Open. Кудерметова дунёнинг 40-ракеткасини мағлуб этди 0 09:21Шара Буллет Нурсултон Рўзибоев ўрнига Пейж билан жанг қилишга тайёр 0 08:53Европа ассоциациялари ФИФАга бойкот эълон қилиши мумкин 0 08:18Ярим оғир вазнда ҳам UFC рейтинги янгилади: Богдан Гусков Топ-10`даги ўрнини сақлаб қолдими? 0 21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0

11 avg 02:40
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Eshkak eshish, Tokio-2020

Rio-2016. 5-kun. Sportchilarimizning bugungi ishtiroklari yakunlandi

Bugun Olimpiadada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilarning musobaqalardagi ishtiroklarini ushbu sahifada onlayn tarzda kuzatib borish mumkin bo'ldi.



02:45.SHu tariqa bugungi reportajimiz yakunlandi. Ertagacha!


2:39. FAZLIDDIN RAQIBINI TEXNIK NOKAUT EVAZIGA MAG'LUB ETDI! BARAKALLA!


02:33. Bokschimiz raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Ikkinchi raundda ham g'alaba.


02:30. Birinchi raund bokschimiz foydasiga!


02:22. Ringga bokschimiz va uning raqibi chiqib kelmoqda! Olg'a, Fazliddin! Gazni bos!


01:45. Yarim soatdan so'ng Fazliddin G'oibnazarov (-64 kg) kongolik Dival Malongaga qarshi jang o'tkazadi. Kutamiz!


01:30. Do'stmatovning yarim finaldagi raqibi amerikalik bokschi Niko Ernandes bo'ladi.


01:11. Ajoyib! HASANBOY DO'STMATOV PRINCIPIAL RAQIBINI MAG'LUBIYATGA UCHRATDI VA YARIM FINALGA YO'LLANMA OLDI!


01:08. Ikkinchi raund ham Hasanboy foydasiga hal bo'ldi.


01:04. Birinchi raundda hamyurtimiz g'olib! Yaxshi!


01:00. Boshladik!


00:58. Bokschilar ringga chiqib kelishmoqda! Do'stmatov qizil libosda, raqib bokschisi esa ko'k rangli liboslarda jang o'tkazadilar.


00:50. Agar bokschimiz bugun g'alaba qozonadigan bo'lsa uning yarim finaldagi raqibi ekvadorlik yoki amerikalik sportchi bo'ladi. 


00:40. Jang boshlanishiga 20 daqiqa qoldi!


23:30. 49 kg vazn toifasida ringga chiqadigan Do'stmatovning raqibi qozog'istonlik Birjan Jakipov bo'ladi. U ham g'alaba qozonsa yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritadi.


22:20. Endi Hasanboy Do'stmatovning jangini kutamiz. Soat 01:00 da!


22:12. U endi yarim finalda rossiyalik bokschiga qarshi jang qiladi!


22:05. YAXSHIIII! RUSTAM TO'LAGANOV G'ALABA QOZONDI!


22:01. Ikkinchi raund esa Rustamning foydasiga xal bo'ldi! Yaxshi!


21:57. Birinchi raundda ustunlik raqib tomonda...


21:53. Jang boshlandi! U bugun qizil libosda ringda harakat qilmoqda


21:51. Diqqat qiling, ringga hamyurtimiz Rustam To'laganov chiqib kelmoqda. U bugun ozarbayjonlik sportchiga qarshi jang qiladi.


21:50. Rossiyalik bokschi raqibini mag'lub etib keyingi bosqichga chiqdi. Navbat bizga! Olg'a, Rustam!


21:44. Rossiyalik va italiyalik bokschilarning jangi bo'lib o'tmoqda. SHundan so'ng hamyurtimiz ringga ko'tariladi.


21:30. Ayni paytda ringda xorvatiyalik hamda braziliyalik bokschilar jang olib borishmoqda. Ushbu bahsni o'zbekistonlik referi boshqarib bormoqda. Birozdan so'ng Rustam To'laganovning jangi bo'lib o'tadi.


21:15. To'laganovning ringga chiqishiga oz vaqt qolmoqda! 


19:15. Endi soat 21:45 da bokschilarimiz bugungi ishtiroklarini boshlashadi. Unda -91 kg vazn toifasida jang qiladigan sportchimiz Rustam To'laganov Ozarbayjonlik bokschiga qarshi ringga ko'tariladi. Kutamiz!


19:10. Afsuski SHerali Jo'raev ham ippon bahosi bilan imkoniyatni boy berdi...


19:06. SHerali Jo'raev ikkinchi jangini boshlamoqda.


18:55. Yana taxminan 15 daqiqalardan so'ng SHerali Jo'raev ikkinchi jangini o'tkazadi.


18:44. Bu orada akademik eshkak eshuvchimiz SHahboz Xolmurzaevning chiqishi qoldirildi. Kuchli shamol tufayli. Hozircha ushbu bahslar qachon bo'lishi nomalum.


18:33. Afsuski, Gulnoza polshalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ogohlantirish hisobiga u ushbu bosqichda qolib ketdi...


18:22. Gulnoza Matniyozova tatamiga chiqib kelmoqda! Malumot uchun, Gulnoza bugun tavallud ayyomini nishonlamoqda! 22 yosh!


18:07. SHerali Jo'raev ogohlantirishlar evaziga raqibidan ustun keldi va keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi. U keyingi bosqichda shveciyalik Markus Neymanga qarshi jang qiladi.


17:55. Gulnoza Matniyozova esa polshalik Klays Katarzinaga qarshi tatamiga chiqadi.


17:38. Sportchilarimizdan birinchi bo'lib dzyudochi SHerali Jo'raev bahslarga kirishadi. Sportchimizning jazoirlik sportchiga qarshi jangi Olimpiadada bugungi dzyudo bahslariga start beradi.


17:35. Bugun quyidagi sportchilarimiz O'zbekiston sharafini himoya qiladilar.

SHerali Jo'raev - (Dzyudo, -90 kg vazn toifasida, birinchi bosqichdan boshlab - finalgacha) - 18:00 dan keyin

Gulnoza Matniyozova - (Dzyudo, -70 kg vazn toifasida, birinchi bosqichdan boshlab - finalgacha) - 18:00 dan keyin

SHahboz Xolmurzaev - (Akademik eshkak eshish, 13-24 - o'rinlar uchun, 2000 metr) - 19:10

Rustam To'laganov - (Boks, -91 kg vazn toifasida, chorak final) - 21:45

Hasanboy Do'stmatov - (Boks, -49 kg vazn toifasida, chorak final) - 01:00

Fazliddin G'oibnazarov - (Boks, -64 kg vazn toifasida, 1/16 final) - 02:15


17:30. Assalomu alaykum sport ishqibozlari. Bugun Olimpiadada ishtirok etadigan sportchilarimizning bahslaridan matnli translyaciyani boshlaymiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

+5   
10 avg 19:19:58
Ajdar_madrid
Bokschilarimizdan boshqasi bekor. Haqiqiy erkaklar 21:45dan boshlab chiqadi
+3   
10 avg 21:09:31
abdullah hurbayev
хамиа уз мохаси буйича фаолият курсатади чупон кой бокади курувчи уй куради шундай экан хаммани хар сохада озми купми нафи тегади. ха буларни нима нафи тегяпти
+2   
10 avg 18:52:36
AlexiS_DaN
шу ракиблар кучли булмаса хам, бизда харакат, шашт йук хисоби, Олимпиадага бордингми харакат кил, дангал кураш, пассивлик яхшиликка олиб келмайди, бекорга келмаганингни исботла...гапирса гап куп
+1   
11 avg 02:52:13
Baxtiyor_Nazarov_Tta
11 TA OLTIN! BIZ YO'Q DEMASDIK! BOR UMID SIZLARDAN!!!
+1   
11 avg 02:49:10
Baxtiyor_Nazarov_Tta
Bokschilarimizga qoyil qolmasdan ilojimiz yo'q. Oxirigacha biz ularga ishonamiz. ULARNING KO'ZIDA O'TI BOR. JON BERIB HARAKAT QILISHYAPTI. Omad sizlarga!!!
+1   
11 avg 02:40:37
AlexiS_DaN
Балли боксчиларимизга... натижалар хозирча ажойиб
+1   
10 avg 21:52:49
SoLiYeV SoLiJoN RmA FaNaTi
Baxtiyor_Nazarov_Tta foydalanuvchining fikriga javob berish
Sizningcha 30 mln aholi sportchi bo'lishi kerakmi. Bu g'irt tentaklikku. Agar eplolmasang chetga o't, qancha iqtidorlilarni yo'lini to'smasdan! Otasini puliga qachongacha tayanadi! Shunday nokaslarni yonini oladiganlarni borligi bu muammo naqadar chuqur ildiz otganligidan dalolat!
Bir savolga hech qachon javob topolmayman. Qachon o'zbek sporti haqiqiy iqtidorlarni topadi. qachongacha talantlar kôchada tôp tepib yuradi qachongacha loy quchoqlaydi. Mayli Boylar orzu havas bilan boalasini sportga beradi yomoni yôq lekn ôsha bola iqtidorlarga yôl bersin.
+1   
10 avg 19:19:32
Baxtiyor_Nazarov_Tta
Endi umid faqat boksdan qoldi.
+1   
10 avg 18:38:30
Barca N1
Ким нима диса дисину Гулноза ютказган бусаям зур курашди маладес кейинги фаолятига омад
   
11 avg 11:11:42
Feyajolk
O'ZBEKISTON BOKS MAKTABI FAQAT OLDG'A
   
11 avg 07:09:46
EAbdumalik
Malades//!!!! Finalda g`aloaba oanlarini suringizlar!!!
   
11 avg 06:03:13
Shahzodbek
Malades mana mujiklar . kamida yana ikkita bronza tayyor olg‘aaaa O‘zbekiston
   
11 avg 02:47:32
25 yosh muborak ona yurtim
Yashavoringlar Bokschlar bor umidmz szlardan
   
11 avg 02:46:33
AlexiS_DaN
Барча вазн тоифаларида юкори уринлар учун давогар бизнинг боксчилар, койил) Куз тегмасин юртимиз углонларига
   
11 avg 02:45:54
25 yosh muborak ona yurtim
Barca N1 foydalanuvchining fikriga javob berish
Ким нима диса дисину Гулноза ютказган бусаям зур курашди маладес кейинги фаолятига омад
Kotta 0 ekan Gulnozez parot qvorshdku
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing