09 avg 13:18
Yangiliklar
Rio-2016. Bugun sportchilarimiz nechta medalni qo'lga kiritishlari mumkin?
Bugun 15 ta sport turida medallar o'z egalarini topadi. SHulardan ikkitasida ishtirok etadigan sportchilarimiz bugun bizga medal taqdim etishlari mumkin. Ular dzyudochimiz - SHahzodbek Sobirov va og'ir atletikachimiz Doston Yoqubovlardir. Sportchilarimizga bugungi chiqishlarida omad tilab qolamiz!
Ot sporti - (Uchkurash, jamoaviy bahslar) - 18:00
Ot sporti - (Uchkurash, yakka tartibda) - 20:00
Eshkak eshish - (Slalom, yakka tartibda, erkaklar) - 23:15
Og'ir atletika - (-63 kg, ayollar) - 23:30
O'q otish - (To'pponchadan, 25 metr, ayollar) - 23:55
Suvga sakrash - (Sinxron sakrash, 10 metrdan, ayollar) - 23:55
Sport gimnastikasi - (ko'pkurash, jamoaviy bahslar, ayollar) - 23:55
Dzyudo - (-63 kg, ayollar) - 00:40
Dzyudo - (-81 kg, erkaklar) - 00:40
Qilichbozlik - (SHpaga, yakka tartibda, erkaklar) - 01:15
Og'ir atletika - (-69 kg, erkaklar) - 03:00
Suzish - (Erkin uslub, 200 metr, ayollar) - 06:15
Suzish - (Batterflay, 200 metr, erkaklar) - 06:25
Suzish - (Kompleks uslubda, 200 metr, ayollar) - 07:30
Suzish - (Erkin uslubda estafeta, 4x200 metr, erkaklar) - 07:40
Fikrlar