22 iyu 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Rio-2016 finalida Zoirovga yutqazgan Aloyan bugun WBC Silver kamari uchun jang qiladi
Bugun Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangida Rio-2016 Olimpiadasining kumush medal sovrindori Misha Aloyan ringga ko'tariladi. Qizil maydonda o'tadigan jangda Aloyan WBC Silver kamari uchun Marvin Solanoga qarshi ringga ko'tariladi.
CHempionlik jangi 53,53 kilogramm vazn toifasida bo'lib o'tadi. Kecha tarozidan o'tkazish marosimi o'tkazilib, unda Aloyan 52,2, uning raqibi 51,4 kg vazn qayd etdi.
Etiborga molik jihati shundaki, Misha Aloyan Rio Olimpiadasining finalida hamyurtimiz SHahobiddin Zoirovga imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Fikrlar