25 may 17:00
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Rio Olimpiadasi chempioni SHahobiddin Zoirov Rossiyadagi turnirda oltin medalni qo'lga kiritdi
O'tgan yili Rioda bo'lib o'tgan Olimpiadada oltin medalni qo'lga kiritgan bokschimiz SHahobiddin Zoirov Rossiyadagi turnirda ishtirok etdi.
Rioda -52 kg vazn toifasida chempionlikni qo'lga kiritgan sportchimiz ayni paytda -56 kg vazn toifasida janglarda ishtirok etmoqda.
21 mamlakatdan 150 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan turnirda vakilimiz finalgacha Rossiya va Belarus vakillarini mag'lubiyatga uchratdi.
Finalda esa boshqa bir mezbon sportchi Ovik Oganesyanga qarshi ringga chiqqan vakilimiz katta ustunlik bilan g'alaba qozondi va yakunda turnir g'olibiga aylandi.
Ushbu musobaqada shuningdek taniqli murabbiy, o'z vaqtining ajoyib bokschilaridan biri bo'lgan yurtdoshimiz Vladimir SHin faxriy mehmon sifatida ishtirok etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
xammadan xarxil fikr eshitgandim yolgon ekanda. mana xali boks ichida ekan.