22 okt 09:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Rioda o'zbek bokschisini medalsiz qoldirgan sportchi profi ringda faoliyatini boshladi
Rio Olimpiadasining kumush medali sohibi, Britaniyalik Jozef Joys professional ringda debyut qildi.
Og'ir vaznli bokschi ilk jangida yurtdoshi Ien Lyuisonni muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratdi. Jang sakkizinchi raundda yakunlandi.
Eslatib o'tamiz, +91 kg vazn toifasida janglarini o'tkazadigan Jozef Joys Rioda Bahodir Jalolovni chorak finalda mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar