17 avg 14:39
Yangiliklar
Futbol

Rodrigoning "Real"dan "Manchester Siti"ga ehtimoliy o'tish tafsilotlari malum bo'ldi
Insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda "Real" yarim himoyachisi Rodrigoga "Manchester Siti" jiddiy qiziqish bildirayotganini malum qildi.
Manbaga ko'ra, ingliz klubi 24 yoshli braziliyalik futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Futbolchi besh yillik shartnoma imzolashi mumkin. Agar Rodrigo jamoasini o'zgartirish istagini bildirsa, madridliklar uning uchun 100 mln evrodan ko'proq mablag' ishlab olishmoqchi.
Rodrigo 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar imzolangan.
Havola :
Manba : x.com/NicoSchira
Fikrlar