04 iyu 11:52
Yangiliklar
Tennis

"Rolan Garros". Amaldagi chempion 1/2 finalga chiqdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaraz Parijda davom etayotgan "Rolan Garros" turnirining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Ispaniyalik tennischi 1/4 finalda dunyoning 12-raketkasi bo'lib turgan amerikalik Tommi Polga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/0, 6/1, 6/4. Karlos tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisobni yiriklashtirdi - 5:2.
To'qson olti daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 3 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik Alkaraz tomonida bo'ldi - 6 ga 0! Endi amaldagi chempion final chiptasi uchun italiyalik Lorenco Muzettiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar