So’nggi yangiliklar

14:29Лондондаги UFC турнирининг асосий жанги айтилди 0 14:08Болалар спорти. Мақсад ва марра сари интилаётган қамашилик ёшлар 0 13:47Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олди 0 13:26Илия Топурия UFC’нинг Арман Царукян бўйича қарорини тушунтирди 0 13:05Анкалаевнинг менежери Магомеднинг кейинги жанги ҳақида хабар берди 0 12:44Жорж Сен-Пьер Ислам Махачевни мағлуб этиш йўлини айтди 0 12:23Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди 0 12:02Скала WWЕ ва UFC`дан 80 млн доллар ишлади 0 11:41Умар Кремлёв: "Қарор адолатли!" 0 11:20"Uzbekistan Judo Tour" мусобақасининг Тошкент шаҳар босқичи старт арафасида 0 10:59Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" Карим Бенземанинг "Ал Иттиҳод"и меҳмони бўлади 0 10:38Шумков Тошкентда Халоковга реванш беришга тайёр 0 10:17Карлос Алькарас Озодлик ҳайкалини татуировка қилди + ФОТО 0 09:56Алжамейн Стерлинг икки эҳтимолий рақибни айтди 0 09:35Sofascore. Энг юқори балл Файзуллаевда! Шомуродовчи? 0

09 iyu 22:59
Yangiliklar

Tennis

"Rolan Garros" chempioni 5 setda aniqlandi

Franciya poytaxti Parij shahrida ikki hafta davom etgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turniri kuniga etdi.

Hozirgina erkaklar o'rtasidagi yakkalik musobaqasining chempioni aniqlandi. Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning uchinchi va to'rtinchi raqamli tennischilari - ispaniyalik Karlos Alkaraz hamda germaniyalik Aleksandr Zverev o'zaro to'qnash kelishdi. 

To'rt soatu 20 daqiqa davom etgan bahs g'olibi 5 set natijasiga ko'ra aniqlandi. Alkaraz 6/3, 2/6, 5/7, 6/1, 6/2 hisoblarida g'alaba qozonib, "Rolan Garros" bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Bu bilan u tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 5:5. 

Final uchrashuvi statistikasi:

Karlos Alkaraz - 3 ta eys, 6 ta qo'shxato, 9 ta breyk

Aleksandr Zverev - 8 ta eys, 6 ta qo'shxato, 6 ta breyk

Ispaniyalik tennischi faoliyatidagi uchinchi "Katta Dubulg'a" turniri tituliga ega chiqdi. Parij kortlaridagi ikki haftalik mehnat 21 yoshli Karlosga 2000 reyting ochkosi va 2 million 400 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini taqdim etdi. U ertaga elon qilinadigan ATP reytingida dunyoning ikkinchi raketkasiga aylanadi. Vice-chempion Zverev esa 1300 ochko va 1 million 200 ming dollarga ega bo'ldi. 

Reyting:    

Fikrlar

   
09 iyu 23:03:38
Sinchiklab kuzatuvchi
Alkaraz yosh Nadal
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing