05 iyu 10:08
Yangiliklar
Tennis

"Rolan Garros". Dunyoning 361-raketkasi tarix yozishda davom etmoqda, u 1/2 finalda!
Parij shahrida o'tkazilayotgan "Rolan Garros" turnirining ayollar o'rtasidagi bahslarida shov-shuvli natija qayd etildi.
WTA reytigida 361-pog'onada borayotgan Lois Buasson "Katta Dubulg'a" musobaqasining yarim final ishtirokchisiga aylandi. Franciyalik iqtidor egasi 1/4 finalda dunyoning oltinchi raketkasi, rossiyalik Mirra Andreevani mag'lub etishni uddaladi - 7/6(6), 6/3.
Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Ikki soatu 10 daqiqa davom etgan bahsda Buasson 3, Andreeva 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Mirrada uch karra ko'proq bo'ldi - 9 ga 3. Breyklar bo'yicha ustunlik esa tabiiyki, g'oliba tomonida - 5 ga 3!
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar