04 iyu 13:58
Yangiliklar
Tennis

"Rolan Garros". Iga Svyontek Elina Svitolinadan ustun keldi
Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turniri davom etmoqda.
Dunyoning beshinchi raketkasi Iga Svyontek 1/4 finalda WTA reytingida 14-o'rinni egallab turgan ukrainalik Elina Svitolinani 6/1, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilar kortda roppa-rosa 100 daqiqa harakat qilishgan. Ularning o'zaro uchrashuvlarida Iga hisobni yiriklashtirdi - 4:1.
Uchrashuv statistikasi:
Iga Svyontek - 3 ta eys, 4 ta qo'shxato, 4 ta breyk
Elina Svitolina - eys yo'q, 1 ta qo'shxato, 1 ta breyk
Malumot uchun, Iga Svyontek qatorasiga to'rtinchi bor "Rolan Garros" turnirining 1/2 finalchisiga aylandi. Aynan u musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar