03 iyu 14:35
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				"Rolan Garros". Medison Kiz 1/4 finalda o'ynaydi
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Medison Kiz Franciya Ochiq chempionatining chorak final ishtirokchisiga aylandi.
			Amerikalik tennischi 1/8 finalda WTA reytingida 70-o'rinni egallab turgan vatandoshi Xeyli Baptistni 6/3, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Amerikaliklarning o'zaro uchrashuvlarida tajribali Medison oldinda bormoqda - 3:1.
To'qson besh daqiqa davom etgan bahsda Kiz 7, Baptist 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha ustunlik g'oliba tomonida bo'ldi - 3 ga 1. Endi Kiz 1/2 final chiptasi uchun yana bir hamyurti Koko Goffga qarshi kortga chiqadi.

            Havola            :         
                    Manba                : gotennis
            
			
Fikrlar